Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Quvaytga 2,2 mln dona niqob eksport qildi
10.06.2020 22:57,  
150

9 iyun, seshanba kuni O‘zbekiston birinchi marta Quvaytga tibbiy niqoblarni eksport qildi. "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi aeroportidan maxsus yuk samolyotida 450 ming dollarlik 2,2 million niqob partiyasi Quvaytga yetkazib berildi, deya xabar beradi "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi axborot xizmati.

Birinchi partiya may oyi oxirida Quvaytning Fursan Al Khaleej shirkati va uyushma qoshidagi "Yengilsanoatsavdo" MChJ o‘rtasida imzolangan 10 million dollarlik shartnoma asosida eksport qilindi. Niqoblar Quvayt Ichki ishlar vazirligining buyrug‘i bilan olib kelingan. Partiyaning bir qismi Quvayt Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriladi.

Foto: "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi axborot xizmati.

"Importni tashkillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin, biz turli mamlakatlar, shu jumladan, Xitoyning mahsulotlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdik", - dedi "Fursan Al Khaleej" prezidenti Johid al-Ataish. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati kompaniyaga mos keladi va Fursan Al Khaleej tibbiy buyumlar - niqoblar, kombinezonlar, qo‘lqoplar va boshqa himoya vositalariga buyurtma berishni allaqachon boshladi.

Ushbu jo‘natma O‘zbekiston-Quvayt munosabatlari tarixidagi O‘zbekistondan Quvayt bozoriga birinchi muhim mahsulot hisoblanadi, dedi O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi Bahromjon Aloyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Qatar, Bahrayn va Iroq bozorlari o‘rganilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан