Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Igor Krasnov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
30.09.2021 10:04,  
55

Bugun Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Igor Krasnov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘z hamkasbini qutlagani holda, Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari serqirra va dinamik tavsifga egaligini qayd etdi.

Uchrashuv davomida Rossiya delegatsiyasi vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida, xususan, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek O‘zbekiston prokuratura organlarining faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

Taraflar o‘zaro manfaatli bo‘lgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.

Xususan, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurash sohalarida tajriba almashish hamda prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi o‘rtasida ilm-fan va ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum hamda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan idoralararo hamkorlik Dasturi imzolandi.

Ushbu hujjatlarning amalda tatbiq etilishi huquqiy sohada axborot va ilg‘or tajriba almashish orqali ikki tomonlama sheriklikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida Nig‘matilla Yo‘ldoshev Igor Krasnovga hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik izhor qildi va “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан