Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abdulla Aripov O‘zbekiston Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi
21.01.2020 17:09,  
133

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan siyosiy partiya tomonidan yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlariga sazovor bo‘lgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi saylovda 53 nafar deputatlik o‘rnini egallagan edi. Partiyaning yaqinda bo‘lib o‘tgan Siyosiy kengashi majlisida Bosh vazir nomzodi ko‘rib chiqildi va Prezidentga taqdim etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini tavsiya etdi.  

Abdulla Aripov qo‘shma majlisda Vazirlar Mahkamasining yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturi haqida nutq so‘zladi. 

Majlisda so‘zga chiqqanlar Prezident ma’ruzasida bayon etilgan ustuvor yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlab, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda Bosh vazir lavozimiga tavsiya etilgan nomzodni ma’qulladilar.

Oliy Majlis palatalari Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.  

MAVZUGA DOIR: Abdulla Aripovning nomzodida senator va deputatlar nechtasi ovoz berdi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан