Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim vaziri etib tayinlandi, qator OTMlar rektori o‘zgardi
14.01.2021 15:23,  
1488

O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi 6141-son farmoni bilan Abduqodir Toshqulov O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan:

Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori;

O‘ktam Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori;

Avazjon Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Avazjon Marahimov Milliy universitet rektori sifatida ishlab kelayotgandi. U 2016 yil oktyabridan buyon ushbu vazifada faoliyat yuritdi.

Avvalroq, Qonunchilik palatasi yig‘ilishida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov nomzodi ko‘rib chiqilgandi. Deputatlar tomonidan Abduqodir Toshqulov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, Inom Majidov 2016 yil sentyabridan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, 2017 yil iyunidan esa vazir lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан