Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga bir qator yangi qoidalar kiritilmoqda
15.04.2021 17:38,  
217

Fuqarolik kodeksiga qanday yangi qoidalar kiritilmoqda? AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida javob berildi:

yer uchastkasini faqat oldi-sotdi qilish orqali emas, balki qurilish qilish huquqi, uzufrukt (shaxsiy foydalanish va egalik qilish huquqi) kabi ashyoviy huquqlarning yangi turlari orqali iqtisodiy munosabatlarga kiritish qoidalarini joriy etish;

tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ham amalga oshirish qonun hujjatlari bilan nazarda tutilishi mumkinligi haqida qoida kiritish;  

qarz, topshiriq va boshqa bir qator keng tarqalgan munosabatlar uchun og‘zaki shartnoma tuzilishiga imkon berish;

boy berilgan foyda, ma’naviy ziyonni hisoblash mezonlarini aniq belgilash;

sug‘urta munosabatlarida mijozlar huquqlarini himoyasini kuchaytirish maqsadida sug‘urta tashkilotini zararni qoplash majburiyatidan ozod qilish asoslarini kamaytirish;

fuqaroning tasviridan (fotosurat, videoyozuv va boshq.) uning roziligisiz foydalanilganda, uning shaxsiy va oilaviy hayoti to‘g‘risidagi har qanday axborot tarqatilganda fuqaroning himoyasini ta’minlash usullarini belgilash. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан