Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Rossiya vaksinasidan 35 million emas, 5 ming doza so‘ragani ma’lum qilindi
25.09.2020 17:15,  
452

O‘zbekiston Rossiya vaksinasidan 35 million emas, 5 ming doza so‘ragan. Shuningdek, Xitoydagi kompaniyalar bilan kelishuvlar tuzilgan.

Bu haqda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘ta yuqumli kasalliklar laboratoriyasi bo‘lim mudiri Ibrohim Mamatqulov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi. Avvalroq, rus matbuoti Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RTTIJ) va LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga 35 million dozagacha Sputnik V vaksinasini etkazib berishga kelishib olganini ma’lum qilgan edi.

Yil oxirigacha O‘zbekiston 10 mln doza Sputnik V vaksinasini oladi

Ma’lum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilayotgan «Sputnik-V» vaksinasining 5000 dozasini O‘zbekiston Respublikasiga ajratish yuzasidan Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasiga murojaat qilingan.

Xitoy Xalq Respublikasi kompaniyalaridan vaksinalar klinik sinovlarining uchinchi bosqichini O‘zbekistonda birgalikda amalga oshirish bo‘yicha takliflar olingan. Xususan, Innovatsion rivojlanish vazirligi Xitoyning «Sinopharm» kompaniyasining vakolatli korxonasi - «Yilin International Commerce» MChJ bilan, shuningdek, «Zhifei Longcom» kompaniyasi bilan kelishuvlar imzolangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан