Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Rossiyadan katta miqdorda “Tayfun” zirhli texnikasini sotib oldi
29.10.2019 11:59,  
571

“O‘zbekiston Rossiyadan katta miqdorda “Tayfun” (K53949) zirhli avtomobilini sotib oldi, ularni yetkazib berish 2019 yilning o‘zidayoq boshlanadi”, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Mudofaa sanoati majmuasidagi manba: “Tayfun” 4x4 zirhli avtomobilini katta miqdorda yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzildi”, degan.

O‘zbekiston 2019 yilda Rossiyadan BTR-82A rusumli zirhli transportyor, "Tigr" zirhli avtomobili, "Sopka-2” radioaloqa vositasini xarid qilgan. Bundan tashqari, hozirda O‘zbekistonga 12 dona Mi-35M rusumli harbiy-transport vertolyotini yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma ham bor.

“Tayfun” – himoyasi kuchaytirilgan zirhli avtomobillar oilasiga mansub bo‘lib, 120 dan ortiq tashkilot, xususan, Ural avtomobil zavodi, “Kamaz”, Yaroslavl motor zavodi, Po‘lat ilmiy-tadqiqot instituti (NII stali) tomonidan loyihalashtirilgan. Bu texnika birinchi marta 2011 yili harbiy poligonda, 2014 yil 9 mayda esa Moskvadagi harbiy paradda namoyish qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан