Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Rossiyadan temir yo‘l qatnovini tiklashni so‘radi
23.06.2021 08:27,  
537

O‘zbekiston va Rossiya hukumati rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda Rossiya hukumati Matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh vazir Abdulla Aripov rossiyalik hamkasbi Mixail Mishustinga ikki davlat o‘rtasida muntazam aviareyslarni oshirishga qaror qilingani uchun minnatdorlik bildirdi va ushbu yo‘nalishda o‘zaro qatnovlar sonini karantin talablariga rioya qilgan holda haftasiga 14 tagacha oshirishni taklif qildi. Shuningdek, talabgir yo‘nalishlarda bosqichma-bosqich temir yo‘l qatnovini tiklashni ilgari surdi.

Abdulla Aripov Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar temir yo‘l koridori qurilishiga rus kompaniyalari qiziqish bildirayotgani muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston hukumati rahbari o‘z nutqida ikki davlatning bojxona va fitosanitar organlari tomonidan “Agroekspress” muntazam marshrut poyezdini yo‘lga qo‘yishni tezlashtirish zarurligini qo‘shimcha qildi.

Qayd etilishicha, “yashil yo‘lak” tamoyili asosida harakatlanuvchi ushbu poyezdda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazish muddati 5 kundan ortmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан