Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Rossiyaga gumanitar yordam yubordi
18.04.2020 21:33,  
723

O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan beg‘araz yordam yukli samolyot Moskvaning Sheremetevo aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk kotibiyatiga asosan RIA Novosti xabar qildi.

O‘zbekiston yuborgan gumanitar yordam COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan 5 million tibbiyot niqobi va tibbiyot dokasidan iborat. 

Gumanitar yordam yuborilgan samolyotni Sheremetevo aeroportida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vazirligi vakillari kutib oldi.

Aleksey Overchukning ta’kidlashicha, O‘zbekiston yuborgan gumanitar yordam birinchi navbatda pandemiya bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlariga yo‘naltiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан