Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston sayohat uchun xavfsiz joylar yuztaligiga kiritilmadi
22.09.2020 12:07,  
228

Butunjahon sayohat va turizm kengashi (WTTC) oxirgi uch oyda "sayohat qilish uchun xavfsiz" statusini olgan sayyoradagi 100 ta joy nomlarini ma’lum qildi. Bu haqda Travel Daily Media xabar bermoqda.

MDH mamlakatlaridan ro‘yxatga Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina kiritildi. 

Xavfsiz sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatiga mashhur kurort joylar - Turkiya, BAA, Maldiv orollari, Bermud va boshqalar kiritilgan. Filippin esa rasman yuzinchi xavfsiz manzil bo‘ldi. 

"Innovatsion tashabbusimiz bunday muvaffaqiyatga erishganidan va dunyoning har bir burchagida qo‘llanilayotganidan juda xursandmiz. 100 ta xavfsiz yo‘nalishdagi sayyohlik tashkilotlari butun dunyo bo‘ylab iste’molchilar ishonchini tiklashga yordam berish uchun birgalikda ishlashga tayyorlar. Biz Filippinni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Bu dunyodagi eng mashhur orollardan biri. Shuningdek, dunyoning boshqa mashhur yo’nalishlari, jumladan Turkiya, Misr, Indoneziya va Keniya ham kiritilgan", - dedi WTTC prezidenti va bosh direktori Gloriya Gevara. 

Eslatib o‘tamiz, WTTC sayohat va turizm sohasida xususiy sektorni namoyish etadi. 2020 yil boshida tashkilot dunyodagi birinchi gigiyena va xavfsizligi bo‘yicha global xavfsiz muhri - "Safe Travels" ni chiqardi. U koronavirus pandemiyasi ta’sirida bo‘lgan global sayohat sektorini tiklashga yordam berish uchun ishlab chiqilgan. Maxsus ishlab chiqarilgan brend sayohatchilarga dunyo miqyosida standartlashtirilgan sog‘liqni saqlash va gigiyena protokollarini qabul qilgan yo‘nalishlarini tanib olish imkoniyatini beradi. Ushbu yo‘nalish Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) va dunyodagi ko‘plab yirik sayyohlik guruhlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Avvalroq, 27 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev turistlar uchun ishlab chiqilgan sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi “Uzbekistan. Safe travel guaranteed” (“O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan”) brendi bilan tanishgan edi. Biroq yangi tizim negadir xalqaro doiralarda munosib qarshi olinmadi. 

Taqdimotda koronavirus kasalligi jilovlangan davlatlar ro‘yxatini shakllantirib, ular bilan turizm aloqalarini bosqichma-bosqich tiklash kerakligi ham ta’kidlangan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан