Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekiston shampani» aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi
11.07.2021 13:55,  
37

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi UzAssets investitsiya kompaniyasi «O‘zbekiston shampani» aksiyadorlik jamiyatidagi o‘z ulushini sotish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi Spot’ga asoslanib «Gazeta.uz».

Gap kompaniyaning 51,48 foiz davlat ulushini sotish haqida ketmoqda. KPMG maslahatchi sifatida tanlandi. Savdo jarayoni ikki bosqichdan iborat:

  • talabnoma va talablarga javob beradigan shaklda ariza yuborish orqali qiziqish bildirish;
  • tijorat va moliyaviy takliflarni ko‘rib chiqish va bitimni tuzish.

Arizani 9 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 dan kechiktirmasdan yuborish kerak. 12 avgustga qadar ikkinchi bosqichga qabul qilinganlardan qisqa ro‘yxat tuziladi. Ular 16 avgustgacha maxfiylik to‘g‘risidagi bitimni (NDA) imzolaydi va keyin kompaniya haqida batafsil ma’lumot oladi.

Ikkinchi bosqich ishtirokchilaridan 9 sentyabrga qadar bitim tuzish uchun majburiy taklif yuborishlari so‘raladi. Bitimning o‘zi «Toshkent» Respublika fond birjasi qoidalariga va O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

«O‘zbekiston shampani» kompaniyasi to‘g‘risida

1942 yilda tashkil etilgan kompaniya o‘zini shampan va gazlangan vinolarni ishlab chiqarish bo‘yicha yagona ixtisoslashgan zavod sifatida tan oladi.

Hozirgi ishlab chiqarish quvvati yiliga 788 ming dekalitr alkogolli ichimliklar, 2020 yilda ishlab chiqarish quvvati 62 foizni tashkil etgan.

Mahsulotlarning asosiy hajmi ichki bozorda sotiladi. Mahsulotlarning bir qismi Hindiston, Koreya, Mo‘g‘ilistonga eksport qilinadi.

Kompaniya o‘zining xom ashyo bazasiga ega, shuningdek, Portugaliya, Rossiya, Fransiyadan import qilinadigan xom ashyolardan foydalanadi. Xodimlarning umumiy soni 200 kishidan ortiq.

2020 yilgi daromad 65,6 milliard so‘mni, sof foyda 2 milliard so‘mni, kapital rentabelligi 17,2 foizdan oshiqni tashkil etdi.

Shuningdek, davlat boshqa vino ishlab chiqaruvchi korxonalarni – «Xovrenko nomidagi Samarqand vino zavodi», «Toshkentvino», «Nukus vino zavodi», «Shahrisabz vino-aroq», «Sirdaryo vino» va boshqalarni xususiylashtirishga tayyorlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан