O‘zbekiston ShHT bilan harbiy hamkorlikka doir bitim Bayonnomasini ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston ShHT bilan harbiy hamkorlikka doir bitim Bayonnomasini ratifikatsiya qildi

2007 yil 27 iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019 yil 29 aprel) ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ–624, 30.06.2020 y.) O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonun ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, tomonlarning harbiy xavfsizligini ta’minlash, o‘z Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.