Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Singapurni 3:1 hisobida yengdi
15.10.2019 18:36,  
122

Singapur davlatidagi "Singapore Sports Hub Stadium" o‘yingohida JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Singapur hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

O‘yinda mamlakatimiz vakillari 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Vadim Abramov shogirdlari bu safar ushbu tarkib bilan maydonga tushishdi:

Eldor Suyunov - Faruh Sayfiyev, Rustam Ashurmatov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Hojiakbar Alijonov - Jaloliddin Masharipov, Otabek Shukurov, Sanjar Qodirqulov, Odil Ahmedov - Doston Hamdamov, Eldor Shomurodov.

O‘yinning 15-daqiqasida jamoa sardori Odil Ahmedov standart jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, terma jamoani oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Singapur hujumchisi Fandi boshi bilan darvozamizni aniq nishonga oldi: 1:1.

51-daqiqada Farrux Sayfiyevning chap qanotdan oshirgan to‘pini Eldor Shomurodov boshi bilan darvozaga joyladi: 1:2.

O‘yinning 91-daqiqasida Eldor Shomurodov raqiblarning ochiq qolgan darvozasini yana bir bor nishonga oldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан