Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston siyosiy va iqtisodiy izolyasiyadan to‘la xalos bo‘ldi – TIV 
14.02.2020 12:21,  
288

Bugun, 14 fevral kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov ishtirokida matbuot anjumani boshlandi. Bu haqda “Dunyo” AA muxbiri xabar qilmoqda.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2019 yil yakunlari va Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqqan holda belgilangan joriy yilgi ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan bo‘lib unda 2019 yilda amalga oshirilgan oliy darajadagi tadbirlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda 18 ta oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilgan. Shundan 11 tasi davlat rahbarining chet ellarga, 7 tasi esa O‘zbekistonga yuqori darajadagi tashriflardir. Ularda 122 ta turli sohalarda bitimlar imzolandi. 15 xalqaro biznes, investitsiyaviy forumlar tashkil etildi.

Shuningdek, mamlakatimizda 4 ta nufuzli xalqaro tadbirlar o‘tkazilgani aytildi.

Anjumanda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov O‘zbekiston siyosiy va iqtisodiy izolyasiyadan to‘la xalos bo‘lib, mamlakatimizdan Markaziy Osiyo mintaqasida integratsiya uchun to‘siq, degan tamg‘a olib tashlanganini ta’kidladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан