Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi binoga ko‘chadi
9.11.2020 19:03,  
684

Abdulla Azizov qator muammolar haqida so‘zlarkan, vazirlik binosi ham zamonaviy talablarga javob bermay qolgani haqida to‘xtalib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev bu masalaga chindan ham e’tibor berish va yechim topish kerakligini bildirgan.

Ko‘p o‘tmay Abdulla Azizov o‘z rasmiy sahifasida bu yangilik bilan bo‘lishdi.

«Har safar Prezident bilan suhbatda ulardan rosa kuchli energiya olaman. Kecha 3-suhbatim bo‘lgan bo‘lsa, rosa kuchli energiya oldim. Kim Prezident bilan suhbat qilgan bo‘lsa, buni yaxshi tushunadi. «Xalqim, yurtdoshlarimiz, aholimiz», deganlarida yurakdan chiqishini gaplashgan odam juda yaxshi his qiladi va energiyaga to‘yib oladi. Hurmatli Prezident, sizga katta rahmat! Kecha hamma takliflarimga rozilik berganingiz uchun, Sog‘liqni saqlash vazirligiga boshqa katta bino istagimga rozilik berganingiz uchun, har bir chiqqan hamkasblarimni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun. Oldimizga qo‘yilgan juda ulkan vazifalarni vaqtidan avval va vijdonan, fidokorona amalga oshirib, yurtdoshlarimizga kuchli sog‘liq ulashib, umrlarini uzaytirib, siz va xalqimizning oldida yuzimiz yorug‘ yurishi nasib etsin», degan u.

Vazirlikdagi manbaning Kun.uz nashriga ma’lum qilishicha, chindan ham 150 nafarga yaqin xodim doimiy, yana 50 nafarga yaqin kishi shartnoma asosida ishlaydigan vazirlik binosi zamonaviy talablarga javob bermay qolgan. Aksariyat xonalar tor, ta’mirtalab. Ayniqsa joriy yilda juda ko‘pchilik delegatsiyalar tashrif buyurganida va tizimga yuklama ortganida bu kamchiliklar yaqqol sezilgan.

Ayni paytda vazirlik qaysi binoga ko‘chishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining avvalgi binosini SSVga berish bo‘yicha taklif ham ilgari surilgan.

«O‘zbekistonga kelganingdan va yangicha tajribalar bilan og‘ir sharoitlarda bizga yelkadosh ekaningdan minnatdorman. Esingdan chiqarma, tibbiyotimizga tezroq o‘zing aytgan raqamlashtirishni olib kirishimiz kerak. Tibbiyot muassasalariga telemeditsinani olib kirishimiz kerak. Qo‘rqma, ortingda men turibman», degan Shavkat Mirziyoyev bo‘lib o‘tgan selektorda Abdulla Azizovga qarata.

Vazirlikni yangi manzilga ko‘chirish sanasi bo‘yicha ayni paytda biror rasmiy qaror qabul qilingani haqida ma’lumot mavjud emas.

Bunga qadar ham 07.12.2018 yil sanasida qabul qilingan O‘zbekiston prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4055-sonli qarorida ham bu masalaga to‘xtab o‘tilgan. Uning 12-bandida shunday deyilgan:

«12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Vazirlikning Toshkent shahar, A. Navoiy ko‘chasi, 12-uyda joylashgan binosini rekonstruksiya qilishni O‘zbekiston Respublikasining 2019 yildagi rivojlantirish Davlat dasturiga kiritsin».

Ammo bu dastur nega amalga oshmagani ma’lum emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан