Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston soliq siyosatida ijobiy o‘zgarishlarga erishayotgan davlatlar Top-20 taligiga kirgan — Sherzod Kudbiyev
18.11.2021 18:49,  
231

Bugungi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida QQS to‘lovchilar soni 2016 yilga nisbatan 20 baravarga o‘sib, 138 mingtani tashkil etmoqda. Qolaversa, foyda solig‘i to‘lovchilari soni esa 18 barobarga o‘sdi. Eng muhimi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 1 million nafardan oshdi.

Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Qo‘mita raisiga ko‘ra, soliq to‘lovchilarning soliq xavfi avtomatlashtirilgan tizim orqali o‘rganiladi. 

Yangi tartibga ko‘ra, joriy yilning 22 dekabridan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda soliq to‘lovchilarning soliq xavfi darajasi o‘rganiladi. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizalar yetti kun ichida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqishning birinchi bosqichida soliq to‘lovchilarning soliq xavfi avtomatlashtirilgan tizim orqali o‘rganiladi va natijalarga ko‘ra ular soliq xavfining yuqori, o‘rta yoki past darajalari bo‘yicha toifalarga ajratiladi, — deydi Davlat soliq qo‘mitasi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан