Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston SSV karantin cheklovlari tugatilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
13.07.2021 07:30,  
1195

Ijtimoiy tarmoqlarda yaqinda Respublika maxsus komissiya tomonidan kiritilgan karantin cheklovlari tugatilishi haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu xabarlar asossiz ekanini ta’kidladi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bir qator cheklovlar bilan birga kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning 8:00 dan 20:00 gacha ishlashiga ruxsat berilgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu tartiblar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma’lum bir muddat uchun qabul qilingan emas, ya’ni epidemiologik vaziyat barqarorlashganda ushbu cheklovlar bekor qilinadi. Ammo hozirda ularga hech qanday o‘zgarish kiritilmagan.

«Agar karantin qoidalariga oid biror o‘zgarish kiritilsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinadi. Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan va ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asossiz va tasdiqlanmagan xabarlar tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz», – deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан