Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston SSV markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi
18.04.2020 20:28,  
732

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, yurtimizda sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini boshqarish samaradorligini yanada oshirish maqsadida mamlakatimiz Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimi kiritildi.

Shunga asosan, mamlakatimiz Prezidentining qarori bilan Bahodir Qahramanovich Yusupaliyev O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

 Bahodir Yusupaliyev / Foto: SSV

Shu vaqtgacha u Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Botirjon Jo‘raboyevich Qurbonov / Foto: SSV

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Botirjon Jo‘raboyevich Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahrom Ibragimovich Almatov / Foto: SSV

Shuningdek, ayni paytgacha ushbu agentlik direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Bahrom Ibragimovich Almatov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан