Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston T-64 tanklarini o‘zi modernizatsiya qilishni boshladi (video)
23.07.2020 17:52,  
467

O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli Zirhli texnikalarni ta’mirlash zavodining ishlab chiqarish bazasida T-64 rusumli tank kapital ta’mirdan o‘tkazildi va u zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilindi.

Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, T-64 tankining 5TDF dvigateli transmissiyasi bilan birgalikda V’simon V-84 dvigatelga almashtirilib, uning quvvati 140 ot kuchiga oshirildi va barcha tabiiy iqlim sharoitlarda harakatlanishi uchun moslashtirildi.

Shuningdek, ekipaj shaxsiy tarkibi sog‘ligini asrash maqsadida tankning himoya qobig‘i qo‘shimcha zirh, panjara va dinamik himoya qutilari bilan kuchaytirildi. Aloqa vositalari zamonaviy, ya’ni mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan Hytera brendi ostidagi raqamli radioaloqa vositalariga almashtirildi. Modernizatsiya qilingan T-64MV tanki buyurtmachi sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Sinov yakuniga ko‘ra, T-64MV tanki texnik tavsiflari, shu jumladan dvigatel quvvati, tabiiy to‘siqlardan o‘tuvchanligi va otish qobiliyati kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha T-72 rusumli tankdan qolishmasligini ko‘rsatdi, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mavjud T-64 tanklarni T-64MV tanki darajasigacha modernizatsiya qilishni yo‘lga qo‘yish va qo‘shinlarni T-64MV tanklari bilan qayta qurollantirish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. ​

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан