Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston talabalari assosiatsiyasi tashkil etildi
23.01.2021 17:36,  
97

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 25 dekabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Yoshlar forumida samarqandlik talabalarning O‘zbekiston talabalari assosiatsiyasini tashkil etish va shu orqali “Samarqand tajribasi”ni yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan edilar. 

Ana shu ezgu ishni amalga oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Samarqandda O‘zbekiston talabalari assosiasiyasi tashkil etildi.

SamDUda assosiatsiyaning birinchi ta’sis forumi bo‘lib o‘tdi. Onlayn-muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda mahalliy OTMlardan tashqari Osiyo universitetlari assosiatsiyasi, Xalqaro ipak yo‘lida joylashgan universitetlar assosiasiyasi, Yevroosiyo universitetlari assosiasiyasi vakillari, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Niderlandiya, Rossiya, Hindiston, Afg‘oniston, Isroil, Turkiya, Belarus, Vengriya kabi davlatlarning talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Forumning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yu. Absoatov, SamDU rektori Rustam Xalmurodov va boshqalar Talabalar Assosiatsiyasi tashkil etilganligi bilan O‘zbekiston yoshlarini qutlab, uning faoliyatiga omad tiladilar.

Assosiatsiyani tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatimiz OTMlari talabalarini qiziqish va ehtiyojlariga qarab, jamoatchilik boshqaruvi asosida birlashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yuksak ma’rifatli, bilimdon mutaxassislar bo‘lib yetishishlari yo‘lida qo‘llab-quvvatlashdan iboratligi ta’kidlandi. 

Forumda O‘zbekiston talabalar Assosiatsiyasini tashkil etish masalasi onlayn so‘rovnoma orqali ovozga qo‘yildi. Unda ishtirok etganlarning deyarli barchasi Samarqand davlat universiteti huzurida O‘zbekiston Talabalar Assosiatsiyasini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан