Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 4,2 mlrd dollarga kamaydi
22.11.2020 11:42,  
54

2020 yilning yanvar—oktyabr oylari yakuni bo‘yicha respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 30 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 2019 yilning mos davriga nisbatan 4,2 milliard dollarga yoki 12,4 foizga kam demak, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 13,3 milliard (7,4 foizga kamaydi) hamda import hajmi 16,7 milliard dollarga (16,0 foizga kamaydi) yetgan. Hisobot davrida 3,4 milliard AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etilgan.

O‘zbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (17,1 foiz), Rossiyada (15,1 foiz), Qozog‘istonda (7,7 foiz), Janubiy Koreyada (5,9 foiz), Turkiyada (5,5 foiz), Qirg‘izistonda (2,4 foiz) va Germaniyada (2,1 foiz) qayd etilgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan beshta davlat bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (607,7 million dollar), Qirg‘iziston (508,4 million dollar), Tojikiston (242,3 million dollar) va Eron (40,9 million dollar) shular jumlasidan. Qolgan 16 ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 3,7 milliard dollarga kamaygani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarida ketma-ket uchinchi oy kamayish qayd etilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан