Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ elektron chiptalar uchun komissiya to‘lovlarini kamaytirdi
22.02.2020 13:22,  
154

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ elektron chiptalar tizimini takomillashtirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan yozda kompaniya poyezdlar uchun elektron chiptalarni joriy qilgan edi.

Biroq, bu xalqaro reyslarga taalluqli emas edi — bu reyslarga faqatgina kassadan chipta olish mumkin edi.

Joriy yilning 1 martidan boshlab, xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan barcha O‘zbekiston yo‘lovchi poyezdlariga ham elektron ro‘yxatdan o‘tish jarayoni joriy etiladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, endi xalqaro yo‘nalishdagi poyezdlarga ham temir yo‘l kassasiga bormasdan printerda chop etilgan elektron chipta bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezdga chiqish mumkin.

Bundan tashqari, 1 martdan boshlab elektron hujjatlarni rasmiylashtirishda komissiya to‘lovlari miqdori kamaytiriladi:

  • “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi poyezdlari va barcha boshqa mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlarga – 16 000 so‘m;
  • Barcha davlatlararo (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va boshqa MDH davlatlarining tarkibiy) poyezdlariga – 56 000 so‘m;
  • 001/002-sonli davlatlararo Tulpar-Talgo poyezdga (Olmaota – Toshkent – Olmaota) – 38 000 so‘mni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан