"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 noyabrdagi PF-5875-sonli “2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 31 dekabr – 2020 yilning 2 yanvar kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar taqdim etadi:
- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan – 50%;
- Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalari – 15%;
- Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikox guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;
- Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida) – 15%;
- "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga - 10%.
Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.