Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekiston temir yo‘llari“ raisi lavozimidan ozod etildi. “Uzbekistan Airways” boshqaruvchisining o‘z lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi
31.01.2020 10:45,  
1287

Avval xabar qilganimizdek, “Ayrim rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, transport sohasidagi ishlar yetarli darajada tashkil qilinmaganligi va mutasaddi rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida Transport vazirining 3 nafar o‘rinbosari va inspeksiya boshliqlari lavozimidan ozod qilindi.

MAVZUGA DOIR: Transport vazirining 3 nafar o‘rinbosari va inspeksiya boshliqlari lavozimidan ozod qilindi

Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “Uzbekistan Airways” AJlar aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining navbatdan tashqari majlisida:

  • Xusniddin Nuriddinovich Xasilovni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlash;
  • “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Ibragimovich Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalalari ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni turizmni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda samolyot va poyezdlarimizda xizmat ko‘rsatish sifati pastligi, chiptalar narxi esa qimmatligi yo‘lovchilarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani, oqibatda ko‘pchilik xorijiy tashuvchilar xizmatini tanlayotgani aytilgan edi.

Temir yo‘l va avia yo‘nalishlarimiz keng qamrovli va raqobatbardosh emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga O‘zbekistonning 4 aeroportida joriy etilgan “ochiq osmon” rejimidan to‘liq foydalanish, yangi avia yo‘nalishlar ochish, tezyurar poyezdlar sonini ko‘paytirish, chiptalar narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, bu borada muayyan ishlar qilingan bo‘lsa-da, mamlakatimizning transport-tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti.

Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga, 2030 yilda esa mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish evaziga 23 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud.

Optimal tarif siyosati mavjud bo‘lmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etish va mahalliy tovarlarni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish imkoniyati cheklanmoqda.

Yig‘ilishda tranzit siyosatini butunlay qayta ko‘rib chiqish Transport vazirligining eng muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlangan. Shuningdek, temir yo‘l tizimini tubdan isloh qilish, sohaga xususiy kapitalni keng jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан