Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekiston temir yo‘llari” tizimidagi asosiy vositalar eskirgani ma’lum qilindi
25.05.2020 20:40,  
199

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Ma’lum qilinishicha, pandemiya davrida temir yo‘l orqali yuk tashishga talab keskin ko‘paygan. Xususan, xalqaro yuk tashuvlarida temir yo‘lning ulushi 75 foizdan 87 foizga oshdi. Bu xizmatlar sifatini yaxshilash va tannarxni tushirish orqali mijozlarni ko‘paytirish uchun yaxshi imkoniyat.

Foto: president.uz

Lekin, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida asosiy vositalarning eskirgani, jamiyat tarkibida nosohaviy aktivlarning ko‘pligi asosiy faoliyatni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Shu bois, “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidagi nosohaviy korxonalarni optimallashtirish, tariflarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, vagon va lokomotiv parkini yangilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda avtotransportda xalqaro yuk tashuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham e’tibor qaratildi.

So‘nggi uch yildagi islohotlar natijasida mamlakatimizda xalqaro yuk tashuvchi transportlar soni 3 baravar oshdi, yuklarni tashishda mahalliy korxonalarning tashqi savdodagi ulushi 37 foizdan 48 foizga yetdi.

Mahalliy tashuvchilarning qatnovlar sonini yanada oshirish, tashqi savdoda ularning ulushini 60 foizga yetkazish chora-tadbirlari belgilandi. Bitta yuk transporti besh nafargacha aholi bandligini ta’minlashi, bu tarmoqda 30 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkinligi ta’kidlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ichki yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarni yangilash, bunday korxonalarni barqaror moliyaviy resurs bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан