Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Nikolay Shirshov vafot etdi
28.12.2021 16:01,  
291

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Nikolay Shirshov olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati. U 47 yoshda edi, bunga nima sabab bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.

U terma jamoadagi faoliyati davomida 63 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol kiritgan.

Nikolay Shirshov 1974 yilning 22 iyunida Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zining faoliyatini 1991 yilda «Sverdlovets» klubida (Toshkent viloyati) boshlagan. Keyingi 8 mavsumni O‘zbekiston chempionatida o‘tkazgan va asosan «Paxtakor» safida to‘p surib, 159 o‘yinda 16 ta gol kiritgan.

Foto: Kun.uz.

U 1996−2005 yillar mobaynida O‘zbekiston milliy termasi jamoa safida o‘yin o‘tkazgan. Shirshov 1996 yilning 19 noyabr kuni BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (4:2) debyut qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан