Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston TIV sobiq rahbari Vladimir Norov Abdulaziz Komilovga o‘rinbosar etib tayinlandi
31.12.2021 18:28,  
114

Tashqi ishlar vazirligi hay’ati 2021 yil 31 dekabr kungi yig‘ilishida O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-74-son qaroriga muvofiq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Vladimir Norov tanishtirildi.

Vladimir Norov Tashqi ishlar vazirligi tizimida katta tajribaga ega. U turli yillarda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir, O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi va boshqa lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

2019–2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimida ishlagan.

Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Alisherbek Paygamov ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан