Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Tojikistonda tarqalayotgan poliomiyelit bo‘yicha keskin chora ko‘rishni boshladi
28.03.2021 21:09,  
522

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 18 mart holatiga Tojikistonda o‘tkir yuqumli poliomiyelit kasalligini (bolalardagi miya yarim falaji) keltiruvchi polivirus (sPVVP2) 4 nafar bolada aniqlanganini ma’lum qilib, barcha davlatlarga sanitariya-epidemiologik xizmatni kuchaytirishni, kasallikka qarshi barchani emlashni tavsiya qilgandi.  

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlagi xizmati poliomiyelit kasalligining oldini olish va tarqalishiga qarshi profilaktik va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rishni boshladi.  
 
“Respublikamizda poliomiyelit kasalligi uchramaydi, lekin chet davlatlardan kirib kelgan shaxslar mahalliy aholiga yuqtirishi mumkin. Bugungi kunda Tojikiston va Afg‘onistonda poliomiyelit kasalligi aniqlanmoqda. Ushbu davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolarning kirib-chiqishi uchun sharoitlar yaratilgan”, - deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, o‘tkir paralitik falajni nazorat qilish bo‘yicha epidemiologik vaziyatni o‘rganish uchun Surxondaryo viloyatiga mutaxassislar safari uyushtirilgan. 

Davlat chegarasining sanitariya nazorati punktlarida va davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkir shol falajining faol epidemiologik kuzatuvini kuchaytirishni tashkil etish va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlashga tayyorlash bo‘yicha amaliy va maslahat yordami ko‘rsatilgan. 

Shuningdek, Surxondaryo viloyati hududida yovvoyi poliovirusning 2-turi tarqalishini oldini olish maqsadida 10-20 mart kunlari 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida ommaviy emlash o‘tkazildi.

Poliomiyelit – qanday kasallik? 

Poliomiyelit – o‘tkir shol kasalligi bo‘lib uni mayda, hatto oddiy mikroskopda ham ko‘rib bo‘lmaydigan viruslar chaqiradi. Kasallik asab tizimi, ayniqsa orqa miyani shikastlaydi va jiddiy asoratlarni, hatto umrbod falajlik yoki bolalik yoshidayoq o‘lim holatini olib kelishi mumkin.

Poliomiyelit bilan asosan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 5-12 kun bo‘lib, ba’zida 35 kungacha davom etishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан