Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Tojikistonda yangi shifoxona qurdi
28.02.2021 15:37,  
155

Ushbu majmuada joylashgan koronavirus bemorlarini qabul qilish-taqsimlash markazi Tojikistonda muqobili yo‘q ekanligi aytilmoqda.

Bu haqda Sputnik xabar berdi. 

 Tojikistonning Qubodiyon tumanida  zamonaviy tibbiyot majmuasi qurilishi yakunlangan.

Muassasa O‘zbekiston taqdim etgan mablag‘lar hisobiga qad rostlagan. “O‘zbekneftegaz” AJ kompaniyasi qurilishning asosiy homiysi bo‘lgan.

Tibbiyot muassasasiga kerakli mebel va zamonaviy asbob-uskunalar keltirilgan. Majmuaning asosiy xususiyati koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun nodir korpusga egaligi. O‘zbekiston hukumati Tojikiston iltimosiga ko‘ra majmuada qo‘shimcha ravishda koronavirus bemorlarini qabul qilish-taqsimlash markazini ham qurib bergan.

Bu yerdagi jihozlar insonda koronavirus infeksiyasi bor-yo‘qligini qisqa vaqt ichida aniqlash va infeksiya aniqlangan bemorlarni malakali yordam olish uchun zudlik bilan hudud va poytaxtdagi shifoxonalarga jo‘natish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, ushbu majmuada joylashgan koronavirus bemorlarini qabul qilish-taqsimlash markazi Tojikistonda yagona hisoblanadi.

Markaz qurilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil martda Dushanbega amalga oshirgan tashrifi davomida O‘zbekiston hukumatining ma’qullangan loyihalaridan biri hisoblanadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан