Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Tojikistonga 144 ta ko‘chma tibbiy konteyner jo‘natdi
8.05.2020 13:04,  
596

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni qardosh Tojikistonga beg‘araz yordam sifatida zudlik bilan 144 ta mobil tibbiy konteynet jo‘natish haqida buyruq berdi. 

Koronavirus bilan og‘rigan bemorlar uchun mo‘ljallangan konteynerlar bugun ertalab temiryo‘l orqali Dushanbega yetkazildi. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar bermoqda.

"Bunday konteynerlar joy yetmayotgan kasalxonalar o‘rniga ishlatilishi mumkin", dedi O‘zbekistonning Tojikistondagi diplomatik korpusi vakili.

Konteynerlarda ko‘rpa-to‘shakli yotoq, hammom, hojatxona va konditsioner mavjud.

Konteynerlar "Bofanda" stadioniga o‘rnatiladi va u yerda ko‘chma kasalxona tashkil etiladi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан