Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Tojikistonga 4 nafar shifokor jo‘natdi
21.05.2020 09:49,  
196

20 may, chorshanba kuni o‘zbekistonlik 4 nafar shifokor - epidemiolog, virusolog va ikkita anesteziologlar Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga yetib bordi.

Shifokorlar Tojikistonlik hamkasblarini qo‘llab-quvvatlash va koronavirusning tarqalishi va unga qarshi kurashda tajriba almashish maqsadida borgan.

Vrachlar jamoasi So‘g‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda tomonidan kutib olindi.

Shifokorlar guruhining rahbari - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan shifokor Nematjon Ibrohimov Rajabboy Ahmadzodaga tojikistonlik shifokorlar bilan ikki kun davomida viloyat kasalxonalarida ish olib borganlari va tajriba almashganliklari haqida ma’lumot berdi.

"Viloyat kasalxonalarida malakali shifokorlar ishlaydi. JSST talablariga javob beradigan zamonaviy usullar o‘rnatildi, bemorlarga kasbiy muomala qilinadi. Agar tajribali shifokorlar shu tarzda ishlashni davom ettirsalar, yaqin kelajakda ular COVID-19'ga qarshi kurashda to‘liq g‘alabani qo‘lga kiritadilar ", - dedi Ibrohimov.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik vrach-virusologlar Tojikistonga yetib keldi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан