Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston tumanilik 6 nafar yurtdoshimizga fuqarolik pasporti topshirildi
12.09.2020 17:39,  
158

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida istiqomat qiladigan 6 nafar yurtdoshimizga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti topshirildi

Tuman hokimligida karantin qoidalariga rioya etilgan holda tashkil etilgan tadbirda ularga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi. 

Tadbirda tuman hokimligi, tuman IIB mas’ul rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

- O‘zbekistonga 1993 yilda Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod shahridan kelin bo‘lib kelganman va o‘shandan beri shu tumanda yashayman. 4 nafar farzandim shu maskanda tug‘ildi. Turmush o‘rtog‘im bilan yana 2 nafar farzandni vasiylikka olganmiz. Fuqarolik pasporti berilishini 27 yil kutdim, - deydi Avg‘on qishlog‘ilik Odinaxon Mirzayeva. 

- O‘zim O‘zbekistonda tug‘ilganman. Turmush o‘rtog‘im sobiq ittifoq davrida 11 yil davomida Rossiya davlatining olis o‘lkasida burg‘ulash korxonasida ishlagan. O‘sha davrda, aniqrog‘i 1988 yilda u kishining ortidan men ham turar joyimdan doimiy ro‘yxatdan chiqib, qo‘shni davlatga vaqtinchalik ko‘chib o‘tgan edim. 1993 yilda Vatanga qaytganmiz. O‘shandan buyon fuqarolik pasportiga ega emas edim, - deydi Paxtabo‘ston qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Jamilaxon Yangibayeva.

- Rahmatli otam 1965 yilda qo‘shni Tojikiston Respublikasiga shaxtada ishlash uchun ko‘chishgan. 1971 yilda o‘z tumanimizda, Tuyul qishlog‘ida tug‘ilib, so‘ng otamning ortidan ko‘chganmiz. 1993 yil may oyida Tojikistondan qaytib kelganmiz, – deydi Sho‘rsuv mahallasida yashovchi Ibroximjon Maxsudov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан