Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston turizm bozoriga "Virus-free" sertifikati kirib kelmoqda
6.05.2020 11:33,  
134

Turkiya dunyoda birinchilardan bo‘lib sayyohlik ob’yektlarini yuqumli kasalliklardan, shu jumladan koronavirusning yangi turi bo‘lmish SOVID-19 dan sertifikatlash tizimini ishlab chiqdi. Buning uchun tegishli virusga qarshi gigiyena talablari ishlab chiqildi. «Virus Free System» sertifikatlash tizimini shu yilning may oyidan joriy etish boshlanadi.

Yangi tizimga ko‘ra, transport vositalari, mehmonxonalar, aeroportlar, restoranlar, agentliklar, muzeylar va tarixiy joylarda tozalash ishlarini olib borishga alohida e’tibor beriladi. Bundan tashqari, turizm sanoatining barcha xodimlari immunitet to‘g‘risidagi guvohnoma olishlari talab etiladi. Turoperatorlar, shuningdek, tibbiy infratuzilma inventarizatsiyasi, intensiv terapiya va oddiy sun’iy shamollatish apparatlarini ishlatish bo‘yicha ko‘nikmalarni egallashlari lozim.

Dunyo agentligining xabar berishicha, O‘zbekiston Turkiya bilan hamkorlikda tizimni muvaffaqiyatli sinab ko‘rish bo‘yicha yangi strategiya ustida ishlamoqda.

Birinchi bosqichda yangi amaliyot ichki turizm bozorida sinovdan o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda tomonlar ushbu sertifikat turini xalqaro standartga aylantirishga harakat qiladilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан