Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston uchun yana bir xalqaro konvensiya kuchga kirdi
16.07.2020 15:23,  
441

2020 yil 12 iyulda O‘zbekiston Respublikasi uchun fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya (Kishinyov shahri, 2002 yil 7-oktyabr) kuchga kirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Hozirgi kunda Armaniston, Belorus, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston Kishinyov konvensiyasining ishtirokchilari hisoblanadi.

Hujjat Tomonlar hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar va boshqa shaxslarga ularning shaxsiy, mulkiy va nomulkiy huquqlarining ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlashga, shuningdek Tomonlarning vakolatli organlari o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha yuridik yordam sohasida hamkorlik qilishga qaratilgan.

Mamlakatimizning Kishinyov konvensiyasiga qo‘shilishi huquqiy yordam ko‘rsatishda Tomonlarning markaziy, hududiy va boshqa organlari bilan hamkorlik qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, Konvensiya ishtirokchi-davlatlar hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar va boshqa shaxslarni sud va notarial to‘lovlar va xarajatlarni to‘lashdan ozod qiladi hamda boshqa Tomonlar hududlarida o‘z fuqarolari bilan bir xil shartlarda bepul huquqiy yordamdan foydalanishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi uchun ushbu Konvensiya kuchga kirishi munosabati bilan mamlakatimiz va Kishinyov konvensiyasining ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar o‘rtasida 1993 yil 22 yanvardagi Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiya (Minsk konvensiyasi) va unga 1997 yil 28 martdagi Bayonnoma o‘z kuchini yo‘qotadi.

Konvensiyaning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан