Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yil muddatga elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi
29.08.2020 15:41,  
231

Kecha, 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri M.Atmar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Chet el delegatsiyasi tarkibida shuningdek, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti ma’muriyati, Transport vazirligi, Sanoat va savdo vazirligi va Markaziy Bankning rahbarlari qatnashdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va logistika hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, Afg‘onistonda energetika, temir yo‘llar qurilishi, savdo va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

«Surxon – Puli-Xumri» elektr uzatish liniyasi qurilishini jadallashtirish va tegishli bitim loyihasi ustida ishlash, shuningdek, Xalqaro avtotransport bo‘yicha bitim loyihasini imzolashga tayyorlash doirasida ekspert muzokaralarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Temir yo‘l transporti sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali transport yo‘laklarini rivojlantirishda hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Savdo aylanmasini oshirish, jumladan, transchegaraviy savdoni kengaytirish va ikkala mamlakat bozorlariga xaridorgir qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish maqsadida tegishli infratuzilmani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama kelishuvlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash hamda yuzaga keladigan barcha masalalarni tezkor hal etish maqsadida muntazam aloqalar mexanizmini joriy etishga ham kelishib olindi.

O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning chuqurlashuvi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuv yakunida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va Afg‘onistonning “Da Afghanistan Breshna Sherkat” kompaniyasi (DABS) o‘rtasida 10 yil muddatga elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан