Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
1.12.2021 08:55,  
70

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi 2021-yilning 30-noyabr kuni Kobul shahriga tashrif buyurib, Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, Tashqi va Ichki ishlar, Jamoatchilik, Yenergetika va Iqtisodiyot vazirliklarida muzokaralar olib borildi. Mamlakatdagi mavjud vaziyat, Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlar, yenergetika va transport sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Afg‘oniston muvaqqat hukumat vakillari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ushbu sinovli damlarda afg‘on xalqini faol qo‘llab-quvvatlayotgani, mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishiga ko‘rsatayotgan yordami, yangi hukumat tomonidan afg‘on zaminida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qaratilgan sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston tomonidan yelektr yenergiyasini uzluksiz yetkazish, O‘zbekiston–Afg‘oniston davlat chegarasi ish tartibini davom yettirish, Mozori Sharif xalqaro ayeroporti faoliyatini tiklashga ko‘maklashish, insonparvarlik yordamini o‘z vaqtida ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан