Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Afg‘oniston ta’lim sohasida hamkorlik qiladi
23.11.2020 12:38,  
73

Imzolangan memorandumda har ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik qilish, jumladan, o‘quv materiallari bilan almashish, ta’lim tadbirlarida har ikki mamlakat mutaxassislarining o‘zaro ishtirokini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlarida o‘zaro hamkorlik qilish va ilmiy jurnallarda nashr va maqolalarni birgalikda tayyorlash shartlari hamda tartibi belgilandi.

Ta’lim sohasida hamkorlik qilish va ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Afg‘onistonga shu yilning oktyabr oyida amalga oshirilgan tashrifi chog‘ida erishildi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazi faoliyat yuritmoqda. 2018-2019 o‘quv yili davomida markazda 96 nafar talaba “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olib, barchasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining bakalavri darajasiga ega bo‘lishdi.

Hozirgi kunda markazda 172 nafar, jumladan, “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha 119 nafar, “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha 35 nafar, “Akusherlik, ginekologiya va hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha 18 nafar talaba tahsil olmoqda.

Bundan tashqari, shu yilning dekabr oyida Afg‘onistondan 10 nafar talabaning Yevropa ittifoqi ko‘magi va moliyalashtirishi asosida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tahsil olish uchun kelishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан