Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va AQSh «kambag‘allar kasalligi»ni butkul tugatish bo‘yicha hamkorlik qiladi
12.03.2020 12:13,  
488

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda sil kasalligini yanada kamaytirish uchun maqsadli investitsiyalarni ta’minlashga qaratilgan yangi besh yillik dasturni ishga tushirdi. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda amalga tatbiq etiladi. Bu haqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan anjumanda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusufaliyev, AQShning yurtimizdagi elchisi Daniel Rozenblyum va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) O‘zbekistondagi vakili doktor Lianna Kuppens ishtirok etdi.

Foto: AQSh elchixonasi

“O‘zbekiston hukumati tashxis qo‘yish, davolash va parvarishlash ishlarini yaxshilash orqali silga qarshi kurashda katta yutuqlarga erishdi. Birgalikda ish yuritib, biz O‘zbekistonda, butun mintaqa va dunyoda odamlar hayotini asrash va oilalarni sog‘lom saqlash bo‘yicha o‘zgarishlar qilishni davom ettira olamiz”, – dedi AQSh elchisi D.Rozenblyum.

O‘zbekistonda JSST tavsiya yetgan cilga barham berish strategiyasi asosida tizimli ish olib borilmoqda. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi, AQSh hukumati va xalqaro hamkorlarning birgalikdagi sa’y-harakati tufayli yurtimizda silga qarshi kurashda ijobiy natijalarga erishildi. Jumladan, sil kasalligidan o‘lim holati 5 barobarga, silga chalinish hollari esa 2 barobarga kamaydi. 2019-2025 yillar ichida esa sil bilan kasallanish holatlarini 20 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. JSST e’tirofiga ko‘ra, O‘zbekiston silga qarshi olib borilayotgan tadbirlarning natijalari bo‘yicha Yevropa hududiga kiruvchi 53 mamlakat orasida 2-o‘rinda ko‘tarildi.

Ijobiy ko‘rsatkichlarga qaramay, silning ko‘p sonli dorilarga chidamli turi O‘zbekistonda jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Shu bois AQSh hukumati USAIDning “Global Accelerator to End TB” dasturi doirasida O‘zbekistondagi silga qarshi kurash milliy dasturi amalga oshirayotgan chora-tadbirlarga ko‘maklashish uchun innovatsiyaviy va iqtisodiy samarali vositalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Jumladan, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekiston hukumatiga silga qarshi preparatlar va diagnostik uskunalar xarajatlarini kamaytirish, silga qarshi yuqori sifatli preparatlar mavjudligi va foydalanish imkoniyatini ta’minlash hamda silning ko‘p sonli dorilarga chidamli turini tashxislash va davolash sohasida JSSTning eng so‘nggi bayonnomalari va tavsiyalarini joriy qilishga yordam ko‘rsatish maqsadida to‘rtta yangi loyihani ishga tushirdi.

Foto: AQSh elchixonasi

Sayyoramiz bo‘yicha yiliga 8,6 million kishi “kambag‘allar kasalligi” deb ataladigan silga chalinmoqda. 1 milliondan ortiq bemor esa uning turli asoratlari tufayli vafot etadi. Bu esa kasallikning oldini olish, barvaqt aniqlash, davolashning zamonaviy usullarini yaratish va amalga tatbiq etish xalqaro hamjamiyat oldidagi muhim vazifalardan ekanini ko‘rsatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан