Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Hindiston $2,3 mlrdlik savdo va investitsion shartnoma imzolagan
26.08.2020 11:39,  
100

O‘zbekiston Hindiston bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida umumiy qiymati 2,3 mlrd dollarga teng 98 ta investitsiya va savdo bitimi imzolagan. Bu haqda 24 avgust kuni videokonferensiya shaklida ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va ilgari surish bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston qo‘mitasining birinchi yig‘ilishida ma’lum qilindi. Yig‘ilishga O‘zbekiston TIVning birinchi o‘rinbosari F.Arziyev hamda Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri V.Muralidaran raislik qildi.

Yig‘ilish davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport-logistika sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashning joriy holati va istiqbollari, shuningdek, har ikki mamlakat hukumatlari tomonidan koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan global inqiroziy xodisalarning iqtisodiy oqibatlarini yumshatish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан