Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Hindiston Tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
14.01.2020 16:12,  
44

Avval xabar qilganimizdek, bugun 14 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindistonga tashrif buyurdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugun Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar bilan uchrashdi.

Suhbat boshida O‘zbekiston TIV rahbari Hindiston Tashqi ishlar vazirligi shafeligida o‘tkazilayotgan “Raisina Dialogue” beshinchi xalqaro konferensiyasiga taklif uchun minnatdorlik izhor etdi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi o‘rtasidagi muhim kelishuvlarga asoslangan O‘zbekiston-Hindiston hamkorligining holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan oliy va boshqa darajalardagi uchrashuvlar jadvali, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан