Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnov tiklandi
27.05.2021 17:07,  
54

“Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent” qatnovi O‘zbekistonda va Isroilda epidemiologik vaziyatni yaxshilash bilan bir qatorda hamda rejali qayta tiklanishni hisobga olgan holda, Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent qatnovi qayta tiklandi.   Bu haqda  "Uzbekistan Airways" xabar berdi.

️Muntazam aviaqatnov haftada bir marta, dushanba kuni amalga oshiriladi. Toshkent – Tel-Aviv aviachiptasining narxi 4 276 000 so‘mdan boshlanadi. Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi aviachiptasining narxi 5 738 000 so‘mdan boshlanadi (narxlar aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3% chegirmani hisobga olingan holda ko‘rsatilgan).

Ta’kidlash joizki, xorijiy fuqarolarga Isroilga kirish va tranzit maqsadida foydalanish taqiqlandi. Ushbu ro‘yxat Isroil fuqarolari va rezidentlari, aholi va immigratsiya boshqarmasi tomonidan berilgan ruxsatnomaga ega yo‘lovchilarni o‘z ichiga olmaydi.

Bundan tashqari, 72 soatdan ko‘proq vaqt davomida Isroildan tashqarida bo‘lgan, ushbu davlatga kirgan yoki tranzit yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari 72 soat oldin COVID-19 uchun PCR-testini topshirishlari va birinchi nuqtadan chiqishdan oldin testning salbiy natijasini olishlari kerak.  

Isroilga keladiganlar ushbu manzil orqali "Kirish hisoboti" shaklini Isroilga parvoz qilishdan oldin 24 soatdan kechiktirmasdan to‘ldirishlari kerak: https://www.gov.il/en/service/request-entry-to-israel-covid19 va Isroil sog‘liqni saqlash vazirligidan elektron ruxsat olishlari talab etiladi. Bundan tashqari, yo‘lovchilar COVID-19 xarajatlarini qoplash uchun tibbiy sug‘urtaga (Isroil fuqarolari va rezidentlariga taalluqli emas) ega bo‘lishlari kerak.  

• Yo‘lovchilar Isroilga kelishlari bilan COVID-19 uchun PCR-testini topshiradilar va 14 kungacha karantinda saqlanishlari mumkin.

• Qo‘shimcha ma’lumotlar haqida quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: https://tinyurl.com/ypvvex9p.

• COVID-19 haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin: https://www.gov.il/en/departments/air-travel-covid19-israel.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан