Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Qatar tashqi ishlar vazirlari muzokara o‘tkazdi
16.07.2020 10:36,  
110

2020 yil 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar Davlati Bosh vazirining o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad Bin Abdul Rohman Bin Jasim Al Taniy bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi hamda turli darajalardagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashdi.

Ikki tomonlama siyosiy muloqotlar faollashgani, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi hamkorlik sezilarli kengayganligi ta’kidlandi.

Muzokaralarda Afg‘oniston muammosini hal qilish, ushbu mamlakatda tinchlik muzokaralari jarayonini boshlash bo‘yicha O‘zbekiston va Qatar hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан