Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro yer almashadi — Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari
19.02.2021 08:54,  
745

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralar bo‘yicha muzokaralarni mart oyining birinchi o‘n kunligida tiklaydi, bu haqda 18 fevral, payshanba kuni Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi.

Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari 2020 yilning dekabrida O‘zbekistonning 20 kishilik delegatsiyasi Qirg‘izistonga kelganini eslatib o‘tgan.

«Oxirgi protokol soat tungi 3 da imzolangandi. Ular o‘zinikida turib oldi, biz ham o‘zimiznikini ma’qulladik. Oxir-oqibat protokol soat tungi 3 da imzolandi. Muzokaralar mana shunday davom etadi, tortishuvlar bo‘lib turadi, ba’zan juda qizg‘in. Natijada, biz bir to‘xtamga kelamiz», — degan u.

Tashiyev muzokaralar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tgan: «Ayrim joylardagi ayrim uchastkalarni beramiz, boshqa joylardagi boshqa uchastkalarni esa olamiz. Masala faqat shu tarzda hal etiladi. Ha, afsus. Ammo boshqa yo‘li yo‘q. Masalan, Ola Buqadan (Namangan viloyati bilan chegaradosh — tahr.) yer beramiz, ammo Suzoqdan (Andijon viloyati bilan chegaradosh — tahr.) yer olamiz», — degan Qamchibek Tashiyev.

Uning fikricha, «aynan bizning yerimizni berishdi» deyish noto‘g‘ri. «Bu nafaqat sizning yeringiz, davlatning ham yeridir. Boshqa joydan yer olish uchun shu yerni berish kerak», — deb qo‘shimcha qilgan Tashiyev.

«Batafsil to‘xtalib o‘tmayman, bir narsani aytishim mumkin — biz davlat chegaralarini mustahkamlaymiz», — degan u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан