Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yish rejalashtirmoqda
18.09.2020 14:44,  
218

Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari Aqtau va Urganch o‘rtasida parvoz ochish masalalarini muhokama qildi. 

Muzokaralar Xorazm viloyati hokimining Turizm va sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Davletov hamda Mang‘istau viloyati investitsiyalar va turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Nurbek Aytjanov o‘rtasida olib borildi. 

Ma’lum qilinishicha, parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Aqtau-Urganch reysini ochish masalasi Xorazm va Mang‘istau viloyatlari hokimliklari, shuningdek, ikki mamlakat aviakompaniyalari vakillari ishtirokidagi videokonferensiyada muhokama qilindi. Yo‘nalish Buyuk Ipak yo‘li loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. 

Qozoq OAVlari yozishicha, "Mang‘istau viloyati rahbariyati nomidan biz Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi barcha sohalardagi hamkorlikni faollashtirish va yanada rivojlantirish uchun doimiy reyslarning ochilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Shaharlar o‘rtasidagi parvoz O‘zbekiston tomonining tayyorligidan so‘ng amalga oshiriladi", - dedi Nurbek Aytjanov.

Aqtaudagi O‘zbekistonning Bosh konsuli Nodirjon Turg‘unov ham bu ikki mamlakat o‘rtasida turizm rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

"Turk dunyosi tarixiga qiziquvchilar Istanbul orqali Aqtauga uchishlari mumkin, Aqtaudan Urganchga borishlari, Xiva go‘zalligini ko‘rishlari, keyin Buxoro, Samarqand, Toshkent, Turkiston va Urumchiga borishlari mumkin. Ushbu yo‘nalish bizning yo‘lovchilarimizda katta talabga ega bo‘ladi", - dedi Aqtau xalqaro aeroporti boshqaruvi raisi o‘rinbosari Meruyert Joldibayeva.

Shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekistonning tarixiy shaharlarini qamrab oladigan qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlari va dasturlarini ishlab chiqish taklif qilindi.

 

Mavzuga doir:

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан