Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi noqonuniy migratsiyaga qarshi hamkorlik Bitimi kuchga kirdi
23.05.2020 12:59,  
152

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning 2019 yil 15 aprel kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim 2020 yil 22 maydan kuchga kirdi.

Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, hujjat noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, ikki davlatning hududida noqonuniy bo‘lib turgan shaxslarni aniqlash va ro‘yxatga olish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Qayd etilgan Bitim doirasidagi hamkorlik manfaatdor Tomonning yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bitimda, shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi samarali kurashish maqsadida ma’lumot va tajriba almashish, Tomonlar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda qo‘shma tezkor profilaktik tadbirlarni tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан