Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari dolzarb masalalarni muhokama qilishdi
17.11.2021 18:17,  
93

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  17 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlatimiz rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sherilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Amaliy hamkorlikni ilgari surish, eng avvalo, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda uzoq muddatli kooperatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish muhim ekani qayd etildi.

Ikki mamlakat hukumatlari tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va aniq dasturlari ishlab chiqilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

Davlat rahbarlari bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан