Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Qozog‘iston qirg‘iz xalqiga iqtisodiy hamda gumanitar yordam ko‘rsatadi
12.11.2020 11:29,  
123

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilgan.

Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qilish chog‘ida davlat rahbarlari mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Hududlar va biznes darajasida faol muloqotlarni davom ettirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Prezidentlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan, MDH va ShHT doirasidagi muloqotni kengaytirish bo‘yicha fikr almashgan.

Qozog‘iston rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston qirg‘iz xalqiga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан