Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Tojikiston yangi avtotransport yo‘nalishini ochadi
21.09.2020 14:17,  
335

O‘zbekiston Tojikiston bilan yangi avtotransport yo‘nalishini ochmoqchi. Bu haqda Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov hamda Tojikiston Transport vaziri Azim Ibrohim o‘rtasidagi Dushanbeda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi, deya xabar beradi Asia-Plus nashri.

Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar va yuklarni tashishni ko‘paytirish, temir yo‘l sohasidagi hamkorlik, shuningdek yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochish masalalari ko‘rib chiqildi. Yangi transport yo‘nalishlari qachon ochiladi, bu haqda ma’lum qilinmadi. 

Tojikistonlik vazir so‘nggi oylarda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat avtotransportning har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun muhimligini ko‘rsatganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston hukumatining iqtisodiy bloki xodimlari hamrohligida mamlakatimizning 172 yirik biznes vakillaridan iborat ishbilarmonlar delegatsiyasi Dushanbega tashrif buyurdi.

Avvalroq, Qozog‘iston bilan yangi yo‘nalishdagi aviaqatnovlarni tashkil etish masalasi muhokama qilingani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан