Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va tojikistonlik 74 yo‘lovchi ketayotgan avtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi
2.12.2019 14:53,  
440

2 dekabr kuni "Samara-Chimkent" trassasida 74 nafar yo‘lovchi ketayotgan avtobus YTHga uchradi, 2 kishi jarohat oldi. Bu haqda "Kazavtojol" matbuot xizmati xabar qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "Neoplan" avtobusining haydovchisi tezlikni oshirgan va varama-qarshi tarafdan kelayotgan "Daf" yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Hodisa Qizilo‘rda viloyatining Shijaga hududiga yaqin joyda yuz bergan.

O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan 74 yo‘lovchi evakuatsiya qilindi, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Jabrlangan ikki kishi Aralsk markaziy shifoxonasiga yotqizildi. Ularga oyoq sinishi tashxisi qo‘yilgan.

YTHning to‘liq tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан