Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Turkiya harbiylari Termizda tajriba almashishadi
22.03.2021 23:38,  
91

Bugun, 22 mart kuni Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi Termiz dala-o‘quv maydonida O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari Mudofaa vazirlarining ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan mazkur mamlakatlar Qurolli Kuchlarining maxsus bo‘linmalari bilan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quvining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i polkovnik Lazizjon Usmonov, Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev va Turkiya Respublikasi maxsus operatsiya kuchlari brigadasi komandirining o‘rinbosari polkovnik Rushtu To‘redi va ikki davlat harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.  

So‘zga chiqqanlar hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli va yuqori saviyada o‘tkazish lozimligini ta’kidlab o‘tishdi hamda ishtirokchilarga omad tilashdi. Shundan so‘ng, saf maydonida Termiz garnizoni harbiy orkestri sadolari ostida ikki davlat harbiy xizmatchilari saf tortib o‘tishdi.  

Dala-o‘quv maydonida davom etgan o‘quvlarda harbiy xizmatchilar tajriba almashish uchun 15 kilometr majmuaviy maxsus taktik yo‘lagidan o‘tish, jangovar ikkilik, uchlik va to‘rtlik tarkibida yaqin jang elementlari bo‘yicha ko‘rgazmali amaliy maxsus o‘q otish va qiyin sharoitlarda yashovchanlik holatlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga jalb etildi.  

Shuningdek, poligonda ishtirokchilar maxsus-taktik o‘quvi savollari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishdi hamda o‘zbek va turk harbiylari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.  

Hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari 27 mart kuniga qadar davom etadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан